948. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Musulmon kishi-ning birodari zimmasida olti xil vojib
bor, Agar shulardan birortasini tark qilsa, zimmasidagi haqni bermagan bo'ladi: uni
uchratib qolsa, salom bermoq; chaqirsa qabul qilib bormoq; aksa ursa, sog'lik tila-moq;
kasal bo'lsa, borib ko'rmoq; vafot eda, janoza-siga bormoq; maslahat so'rasa, (to'g'ri)
maslahat bermoq".
949-hadisda yuqorida mazmun qisman takrorlangan bo'lib, hadisni ri-voyat qilgan Abdulloh Mas'ud (r.a.) musulmon kishining zimmasidagi vo-jibni oltita emas, to'rtta, deb ko'rsatgan.
950. Baro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: "Alloh Rasuli (s.a.v.) bizga yetti narsani buyurib, yetti
narsadan qaytardilar. Buyurganlari ushbudir:1) Xastani ziyorat qilmoq; 2) Janozada
ishtirok etmoq; 3) Aksirganga rahmat tilamak; 4) Qasam ichgan kishining qasamiga
rioya qilmog'i; 5) Mazlumga yordam bermak; 6) Salomni yoymoq; 7) Chaqirgan joyga
bormoq.Quyidagi ishlardan qaytardilar:1) Oltin uzuklar taqmoq; 2) Kumush idishlar tut-
moq; 3) Ulov ustiga ipak matodan yopinchoqlar yop-moq; 4) Ipak matodan libos
kiymoq; 5) Gul solin-gan qalin ipak gazlama ishlatmoq; 6) Gul solingan nafis gazlama
ishlatmoq; 7) Har turli ipak kiyim kiymoq.
Abu Hurayradan rivoyat qilingan 951-hadis 948-hadisning takrori.