434-bob. Taajjublanganda qo'lini tizzasiga urgan kishi haqida
983. Hz. Husayn (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) hz. Ali (k.v.) va qizlari
Fotima (r.a.)ning uylariga kelib uyg'otib: "Namoz o'qimaysizlarmi?" - dedilar. Hz. Ali:
"Ey, Rasululloh, barchamizning jonimiz Allohning huzurida (qo'lida)dir, U uyg'otishni,
tiriltirishni xohlasa, uyg'onamiz", dedilar. Rasululloh biron narsa demay ketib qoldilar.
Keyinroq eshitdimki, qaytib ketayotib qo'llarini sonlariga urib: "Darhaqiqat, inson ko'p
janjal (bahs) qiluvchidir" (18:54), debdilar".
984. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men hz. Alini peshonalariga qo'llari bilan urib shunday
deyotganlarini ko'rdim: "Ey, irokliklar, sizlar meni Rasululloh (s.a.v.)ga tuhmat qilayapti,
deb gumon qilayapsizlarmi? Sizlarga saodat, farahu menga gunoh bo'ladimi? Guvohlik
beramanki, Rasululloh (s.a.v.)ning: "Birortangizning poyabzali ipi uzilib keda, uni
tuzatmay turib ikkinchisi bilan yurmasin", deganlarini eshitganman".