436-bob. Odamlarning tik turishlarini yoqtirmagan kishi haqida
988-hadis 430-bobdagi 975-hadisnshg takroridir.
989. Ansorlardan biri farzand ko'rib, ismini Muxammad qo'ydi. Ansorlar unga: "Biz sizni
Rasulullohning ismlari bilan kunya qilib chaqirmaymiz", deyishdi. (Ya'ni sizni "Ey, Abu Muhammad demaymiz", deyishmoqchi.) Yo'l ustida ul zotdan qiyomat haqida so'raymiz,
deb o'tirgandik. Rasululloh (s.a.v.): "Mening oldimga qiyomat haqida so'ragani
keldinglarmi?" - dedilar. Biz: "Ha", dedik. Ul zot: "Har bir nafas oluvchi jon zoti borki,
unga ajal (yoki qiyomat) 100 yilda (bo'lsa ham) keladi", dedilar. Biz: "Ansordan bir kishi
farzand ko'rib, ismini Muhammad qo'idi. Biz unga: "Biz sizni Rasululloh (ismlari) bilan
kunyalamaymiz", dedik. Ul zot: "Yaxshi aytibsizlar. Mening ismimni ko'yinglar, lekin
kunyam bilan kunyalamanglar", dedilar".