1060. Miqtsod ibn Asvad aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) kechalari kelib uxlab yotganni
uyg'otmaydigan, uyg'oqlar eshitadigan darajadagi tovush bilan salom berardilar".
473-bob. "Alloh ziyoda qilsin" deyish haqida
1061. Sha'biy aytdilar: "Hazrati Umar (r.a.) Adiy ibn Hotamga: "Alloh ilm(ing)ni ziyoda
etsin!" dedilar".
474-bob. "Marhabo! Xush kelibsiz!" deyish haqida
1062-hadis. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Fotima Rasululloh (s.a.v.)ga o'xshab yurib
keldilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Xush kelding, qizim", dedilar, so'ng o'ng yonlariga
yoki chap yonlariga o'tqazdilar".
1063. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Ammor (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan huzurlariga kirish
uchun izn so'radi. Ul zot uning ovozini tanib: "Marhabo, ey Toyyibu-l-mutoyyib!" -
dedilar.
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
164
Toyyibu-l-mutoyyib - yoqimlilarning yoqimlisi yoki ko'ngil quvonchi.