1070. Abdulloh ibn Somit (r.al.) Abu Zarr (r.a.)ga: "Abdurrahmon ibn Ummu Hakamning
yonidan o'tayotib, unga salom bergandim, hech narsa deb javob qaytarma-di", dedi.
(Abu Zarr (r.a.): "Ey, birodarimning o'g'li, nima bo'pti shunga? Buning hech zarari yo'q,
senga o'sha odamning o'ng yelkasidagi undan xayrliroq bo'lgan farishta javob
qaytargan", dedi.
1071. Zayd ibn Vahb Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilib naql qildi: "Muhaqqaq, salom
Allohning ismlaridan biridir. Allohuni Yer yuziga qo'ydi. Salomni orangazda yoyinglar.
Agar bir odam bir jamoatga uchrab, unga salom bersa, jamoat salomga alik olsa, o'sha
jamoat darajada yuksaladi. Zero, salom bergan odam o'sha jamoatga salomni eslatab
o'tadi. Agar jamoatga salom bergan odamning salomiga alik olinmasa, hech bokisi yo'q,
ulardan ko'ra pokroq malaklar unga alik oladilar".
1072. Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Salom berish sunnat, alik olish esa, farzdir".