1112 Safvon ibn Umayya (r.a.) Rasulullohga Fath kuni sut, tarra va hadyalar olib
keldilar. Rasuli akram (s.a.v.) vodiyning tepasida edilar. (Safvon (r.a.) aytdilar): "Men
salom ham bermadim, izn ham so'ramadim, shunda ul zot: "Qayt orqangga, "Assalomu
alaykum, kirsam maylimi?" - deb ayt!" - dedilar". O'shanda Safvon (r.a.)ning Islomni
qabul qilgan kezlari edi.
1113. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "(Birovnikiga) nazar
tashlashga izn yo'qdir", dedilar".