www.ziyouz.com kutubxonasi
187
qiladilar: "Baraka-lilik borasida eng a'losidir", dedilar". Biz sifatsiz xurmolarni tuya va
hayvonlarimizga yedirardik. Ushbu safardan qaytganimizdan keyin bu xurmolarga
nisbatan buyuk rag'bat tuydik. So'ng bu xurmoning navdalarini ek-dik. Hatgo bu
xurmolarimiz o'shandan yuzaga keldi, Biz undan baraka topdik.
Ashaj -peshonasida tirtig'i bor, degani .
574-bob. Ertalab turganda nima deyilishi haqida
1234-hadis 272-bobdagi 619-hadis, 1235-hadis 291-bobdagi 7.19-hadis-larning takrori bo'lib kelgan.
1236. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki ertalab turgan
paytda: "Ey, Allohim, Sening shohidligingda, Arshingni ko'tarib turadigan (farishtalar),
maloikalar va barcha mahluqotning shohidligida tong ottirdik. Albatta, Sen Allohdirsan,
sendan boshqa hech qanday iloh yo'q. Sen yolg'izdirsan, Sening hech qanday sheriging
yo'q. Muhammad (s.a.v.) bandang va elchingdir" - deb ayt-sa, Alloh taolo uning o'sha
kuni 1/4 qismini do'zaxdan ozod qiladi. Kimki 2 marta aytsa, Alloh uning yarmini
do'zahdan ozod qiladi. Kimki 4 marta aytsa, Alloh o'sha kuni uni do'zax olovidan ozod
qiladi.