Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-Qo’shnidan shikoyat qilish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   443
Buxpriy

68-Qo’shnidan shikoyat qilish haqida 
 
124. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga kelib: "Yo Rasululloh! 
Mening bir qo’shnim bor, u menga ko’p ozor beradi", deb shikoyat qildi. Rasululloh 
(s.a.v.) unga: "Uyingga borib hamma buyum, asbob-uskunalaringni ko’chaga chiqarib 
qo’y", deb maslahat berdilar. U Rasululloh (s.a.v.) buyurganlaridek uyidagi narsalarini 
ko’chaga chiqarib qo’ydi. Odamlar yig’ilib: "Bu nima, nima hodisa bo’ldi?" - deb 
so’rashganda, u bo’lgan voqeani ularga aytib bergandan keyin, ular: "O’z qo’shnisiga 
ozor bergan bunday qo’shniga Alloh taoloning la'nati bo’lsin!" - deb duoibad qila 
boshladilar. Bu mojarodan xabardor bo’lib qolgan o’sha yomon qo’shni o’zi kelib uzr 
so’radi va: "Yuklaringni uyingga kirgizib qo’yaver! Bundan keyin senga sira ozor 
bermayman", deb qasam ichdi. 
 
125-hadisda 124-hadis mazmuni takror kelgan, faqat u Juhayfa (r.a.)dan rivoyat 
qilingan. 
 
125-hadisda 124-hadis mazmuni takror kelgan, faqat u Juhayfa (r.a.)dan rivoyat 
qilingan. 
 
126. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ilgari janoza namozi 
o’qiladigan yer (maqomi Ibrohim)da oq kiyim kiygan bir kishi bilan ro’baro’ o’tirgan 
vaqtlarida bir odam o’z qo’shnisidan ko’rayotgan zulmdan shikoyat qilgani kelib, maqomi 
Ibrohim bilan Rukni Yamoniy o’rtasida o’tirdida: "Yo Rasululloh! Ota-onam sizga fido 
bo’lsin, yoningizdagi oq kiyim kiygan kishi kim edi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.): 
"Uni sen ko’rdingmi? Senga ko’p yaxshilik, barakotlar. kelibdi, u Hazrat Jabroil edilar. 
Jabroil (a.s.) menga qo’shnichilik haqida ko’p ta'kid qildilar, hatto men qo’shnilarni bir-
biriga merosxo’r qilish haqida Alloh taolodan vahiy keltirdilar shekilli, deb gumon 
qildim", dedilar". 
 
Maqomi Ibrohim - Harami sharif ichida, Ka'baning o’ng tarafidaga kichik bir yer, rukni 
Yamoniy esa, ushyug o’ng tarafidagi burchak nomi. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin