Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob.Yetim asragan xonadonning xayri



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   443
Buxpriy

76-bob.Yetim asragan xonadonning xayri 
 
137. Abu Hurayra(r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb 
marhamat qilganlar: "Bir yetimni boqib olgan musulmon xonadoni xayrliqdir. Musulmon 
xonadonining eng yomoni yetimni xor qilgan xonadondir. Yetim boqqan kishi men bilan 
mana shu ikki barmogimdek jannatda birga bo’ladi". 
 
77-bob. Yetimga otadek marhamatli bo’l 
 
138. Abdurrahmon ibn Abza (r.a.) aytdilar: "Hz. Dovud (a.s.): "Etim bolaga o’z otasidek 
marhamatlik bo’l! Nima eksang o’shani o’rishingni yaxshi bil! Boylikdan keyin kambagal 
bo’lib qolish juda yomon. Bundan ham yomonroq narsa to’gri yo’lda bo’lib, keyin egri 
yo’lga o’tib qolishdir. Suhbatdoshingga bir narsa va'da qilsang, o’shani amalga oshir! 
Va'da qilgan narsangni amalga oshirmasang, orangizda adovat paydo bo’ladi. Eslagan 
vaqtingda senga yordami tegmaydigan va unutganingda seni eslamaydigan 
suhbatdoshdan panoh berishini Alloh taolodan so’rab yur!" - degan edilar". 
 
139. Hamza ibn Nujayx Abu Ammora (r.al.) aytdilar: "Men Hasan Basriydan quyidagi 
gaplarni eshitdim. Hasan Basriy: "Men ko’p musulmonlarni ko’rgan edim, ulardan bittasi 
erta bilan turib: "Ey, ahllarim! Yetim bolalaringiz, miskinlaringiz va qo’shnilaringiz 
xolidan xabardor bo’ling", deb nasihat qilardi. Endi yaxshi kishilaringizning umri tugab, 
boradigan yerlariga jo’nashdi. Ammo sizlar bo’lsa kundan-kun pastlashib ketayapsiz", 
deb edilar". Yana Hamza aytdilar: "Hasan Basriy so’zini davom ettirib: "Endilikda kimniki 
ko’rsang fosiq bo’lib, o’ttiz minglab aqcha bilan do’zax tagiga sho’ngib borayottanini 
ko’rasan. U nega shunday qiladi? Axir, u Alloh taolo beradigan nasibani arzimaydigan 
narsaga sotayaptiku. Yana kimni istasang, u o’z davlati, mol-mulkini o’rinsiz yerga sarf 
qilayotgan, shayton yo’liga kirmoqchi bo’layotganini ko’rasan. Uning o’zi ham insofga 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
kelmaydi va boshqalar ham unga nasihat qilmaydi (yoki boshqalar nasihatini qabul 
qilmaydi)", degan edilar". 
 
140. Asmo' ibn Ubayd: "Ko’limda bir yetim bola bor", deb Ibn Siringa aytdi. Shuvda Ibn 
Sirin: "O’z bolangga qanday qaraydigan bo’lsang, qo’lingdagi yetimga ham shunday 
qaragin. O’z bolangni nima uchun uradigan bo’lsang, u yetim bolani xam shuning uchun 
ur!" - dedilar. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin