Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


Xizmatchini taomga taklif qilish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   443
Buxpriy

102. Xizmatchini taomga taklif qilish haqida 
 
200. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko’ra Rasululloh (s.a.v.) shunday 
deganlar: "Qay biringizga xizmatchi taom keltirsa, uning o’zini ham taomga taklif etsin, 
agar taom yemakka o’tirmasa, o’sha taomdan uni siylasin". 
 
201. Abu Mahzura (r.a.) aytdilar: "Men Hz. Umar (r.a.) huzurlarida o’tirgan edim. Shu 
vaqtda Safvon ibn Umayya chopon kiygan bir necha kishiga katta bir idishda taom 
ko’tartirib keltirdida, hazrat Umar (r.a.) oldilariga qo’ydi. hz. Umar (r.a.) qullarni 
chaqirib taomni ular bilan birgalikda yedilar. Keyin u zot: "O’zlari bilan qullarining taom 
yeyishini xohlamagan kishilarga Alloh taoloning la'nati bo’lsin!" - deb duoibad qildilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Hz. Umarning bu so’zlarini eshitgan Safvon: "Vallohi, biz qullar bilan taom yemakdan 
tortinmaymiz, lekin o’zimizga va ularga ham yetadigan yaxshi taomni topa olmaganimiz 
uchun ularni chaqira olmaymiz", dedilar". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin