242. Abdulloh ibn Soibning bobosidan rivoyat qilindi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Hech
qaysingiz oshnasining narsasini hazil qilib ham olmasin. Bittangiz birodarining asosini
olsa, uni egasiga qaytarib bersin", degan gaplarni eshitdim", dedilar.
Birovning narsasiga hazillashib olish birinchidan, o’sha odamni tahqirlash hisoblansa, ikkinchilan, o’g’rilik bilan ayblansa, hazilning tagi zil bo’lib, shariat qonuni bo’yicha jazo olishi tayin.
122-bob. Yaxshilikka dalolat qilish haqida
243. Abu Mas'ud Ansoriy (r.a.) aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib:
"Men yo’lda toliqib qoldim, bir ulov bering", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Menda ulov yuq.
Lekin falonchiga borsang, u ehtimol senga ulov berar", dedilar. U kishi Rasululloh
(s.a.v.) tayin qilgan odamga borgan edi, u bir ulov berdi. Keyin u Rasululloh (s.a.v.)ga
kelib, u odam ulov berganini aytganda, Rasululloh (s.a.v.): "Kim bir yaxshilikka dalolat
qilsa, o’sha yaxshilik qilgan kishiga berilgan savob barobarida savobga ega buladi",
dedilar".