266. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) (bir kun) xotinlarning oldiga kirib
qoldi-lar. Shunda ularning yonida Ummu Sulaym (r.a.) ham o’tirgan edi. Rasululloh
(s.a.v.): "Ey Anjasha, shishalarni sekinroq hayda", dedilar.
Abu Kuloba (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.) "Shishalarni hayda, degan so’zni so’zladilar, agar birortangiz shunday so’zni aytsa, uni albatta ayblagan bo’lardingiz", dedilar".Arablar ayollarni nozik, ko’ngillarining tez o’zgarib turishi va irodalari mustahkam emasligi uchun shishaga o’xshatadilar. Mazkur hadisda Rasululloh (s.a.v.) Anjashaga: Xotinlar oldida tovushingni pastroq qilib so’zla! Ularning ko’ngliga keladi, demoqchi bo’lsalar kerak .
267. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Sahobiylardan ba'zisi Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo
Rasululloh! Siz bizlar bilan hazil ham qilishasiz", deganda Rasululloh (s.a.v.): "To’g’ri,
hazil qilishaman, lekin mening hazilim aslida chin bo’ladi", dedilar".
268. Bakr ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Sahobiylar hazil qilishar va bir-birlariga qovun-
tarvuzlarni otishardi. Ammo haqiqiy ishlarda ular chin er sifatlarida turishardi".
269. Ibn Ali Mulayka (r.a.) aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida bir
hazil qildilar. Hz, Oyishaning onalari buni eshitib: "Yo Rasululloh! Oyisha Kinonadan
tarqalgan bu elning ba'zi hazillaridan qilib qo’ydi", degandi, Rasululloh (s.a.v.): "Balki bu
shu elimizning o’zida bo’lib turadigan hazildan qildi", dedilar" .
270. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi minadigan
ulov so’rab keldi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Minish uchun sizga urg’ochi tevaning
bolasini beraman", dedilar. U kishi: "Yo Rasululloh! Men urgochi tevaning bolasini nima
qilaman?" - deganida, Rasululloh (s.a.v.): "Axir, katga tevalarni urgochi tevalar tuqqan
emasmi?" - dedilar.