287. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir musulmonning xulqi yaxshi
bo'lsa, butun kecha ibodat qilgan musulmonning darajasiga teng bo'ladi", dedilar".
288. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Islom jihatidan saviyasi
balandlaringiz xayrli bo'lganidek, axloq jihatidan esa, eng yaxshilaringiz xayrlidir".
289. Zayd ibn Sobit (r.a.)ning ozod qilgan qullari Sobit ibn Ubayd aytdilar: "Men
odamlar bilan suhbatda viqorli, sabotli va mezbon sifatida ochiq yuzlilikda hamda
mutoyiba qilishda Zayd ibn Sobitdan ilg'orroq kishini ko'rmadim".
290. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)dan: "Dinlarning qaysi biri
Allohga sevimliroq?" - deb so'ralganda, Rasululloh (s.a.v.): "To'g'ri yo'ldagi, rost din,
Ibrohimning hanif - haqqoniy dinidir" , dedilar".
Qur'oni karimning "An'om" surasidagi 161-oyatga ishora
291. Abdulloh ibn Amr (r.a)dan rivoyat qilindi: u kishi: "Axloqning yaxshi bo'lishi,
taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu to'rt xislatni Alloh
taolo senga bergan bo'lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo'lsang ham, zarari
yo'qdir", dedilar.
292. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdi: Rasululloh (s.a.v.)
sahobiylaridan: "Do'zaxga tushishga ko'proq sabab bo'ladigan narsa nima?" - deb
so'radilar. Ular: "Buni Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biladilar", deb javob
berishgandan keyin, "U ikki kovak - avrat va og'izdir", dedilar. Yana: "Jannatga
tushishga sabab bo'ladigan narsa nima?" - dedilarda, o'zlari: "U esa Alloh taolodan
qo'rqish va yaxshi axloqli bo'lishdir", dedilar.
293. Ummu Dardo (r.a.) aytdilar: "Kechalarning birida Abu Dardo namoz o'qish uchun
turdilarda, tong otguncha: "Ey, Alloh! Meni chiroylik qilib yaratga-ningdek axloqimni
ham chiroylik qil!" - deb yig'lab chiqdilar. Shunda men u zotdan: "Ey, Abu Dardo! Nima
uchun tun bo'yi qilgan duoingiz faqat axloqingizni chiroyli qilishi haqida bo'ldi?" - deb
so'radim. Abu Dardo: "Bir musulmon banda o'z axloqini yaxshi qilishga harakat
qilaversa, oxiri yaxshi axloqi uni jannatga kiritadi. Agar u axloqini yomon qilaversa, shu
yomon axloqi uni do'zaxga kiritadi", dedilar. Abu Dardo so'zlarini davom ettirib: "Bir
musulmon banda o'zi uxlab yotgan vaqtida gunohi kechiriladi", dedilar. Men: "Bu qanday
gap, u uxlab yotsayu, gunohi kechirilsa?" - deb so'raganimda, u kishi: "Bir kishining
do'sti kechasi turib tahajjud namozini o'qib, Alloh taolodan o'zining va do'stining ham
gunohini kechirmog'ini so'rasa, shu duosi tufayli Alloh o'zining ham, do'stining ham
gunoxlarini kechirib yuboradi", dedilar".