www.ziyouz.com kutubxonasi
49
294. Usoma ibn Sherik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida bo'lgan
vaqtimda uyoq-buyoqdan a'robiylar keldi-da, boshqa kishilar so'zlamay, faqat o'zlari
gapirdi. Rasululloh (s.a.v.)ga: "Falon-falon ishlarni qilsak gunoh bo'ladimi?" - deb,
unchalik ahamiyatli bo'lmagan narsalar haqida savol berishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh
taolo bandalaridagi gunohni (yozdirmay) qo'ygan (ya'ni, ularni gunohkor qilavermaydi).
Ammo bir kishi ikkinchi kishini g'iybat qilib zulm qilsa, uni kechirmaydi. U gunohkor
bo'ladi va halokatga uchraydi", dedilar. Ular 5ta: "Yo Rasulalloh! Biz dori iste'mol qilsak
bo'ladimi?" - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Dori iste'mol qilinglar, chunki Alloh taolo
qanday dard bergan bo'lsa, uning davosini ham albatga bergan. Faqat bitga dardning
davosi yo'q, u ham bo'lsa keksalikdir", dedilar. Ular: "Yo Rasulalloh! Insonlarga berilgan
fazilatlarning eng yaxshisi nima?" - deb so'rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Insonlarga
berilgan fazilatlarning eng yaxshisi axloqtsir", dedilar".
295. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) xayr-ehson qilishda
hammadan ham saxiyroq edilar. Xususan ramazon oyi kelib, hz. Jabroil (a.s.) bilan
uchrashadigan paytlarida juda ham saxiy bo'lib ketar edilar. Hz. Jabroil (a.s.) ramazon
oyining hamma kechalarida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelar, Rasululloh (s.a.v.)
Jabpoil (a.s.)ga Qur'oni karimni arz etar edilar. Hz. Jabroil (a.s.) bilan uchrashadigan
vaqtlarida Rasululloh (s.a.v.) Alloh taoloning rahmatini olib keluvchi tez esadigan
shamoldan ham saxovatliroq bo'lar edilar".
296. Abu Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Sizlardan burun o'tgan paygambarlar ummatidan bitgasini hisob-kitob qilinganda undan
hech yaxshi ish topilmagan, lekin u o'ziga xo'q kishi bo'lib, xalq bilan aralashib yurar va
kambag'al kishilardan oladigan mablag'i bo'lsa: "U kambag'al bechoradan shu mablag'ni
kechib yuboringlar!" - deb o'z kishilariga buyurardi. Shunda Alloh taolo: "Bu banda
kambag'alga yaxshilik qilib, undan oladigan mablag'ni kechgan ekan, uning ham
gunohlarini men albatta kechmog'im lozim", dedi".
Abu Hurayradan rivoyat qilingan 297-hadis 292-hadisning takrori.
298. Navos ibn Sam'on Ansoriy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga yaxshilik bilan gunoh haqida
savol berdilar. Rasululloh (s.a.v.): "Yaxshilik axloqning chiroylik bo'lishi, gunoh esa qaysi
bir ishni qilishda ko'nglingda g'ashlik paydo bo'lib uni kishilar bilib qolishini
xohlamaydigan bo'lsang, mana shu ishni qilmog'ing gunohdir", dedilar.