303. Ubaydulloh ibn Mihsan Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki o'z oilasi
ichida tinch, tani sog' bo'lib tursa va oldida shu kuniga yetarlik taomi bo'lsa, u odamga
go'yo bugun dunyo berilgan hisoblanadi", dedilar".
142-bob. Ko'ngal shodligi haqida
304. Muoz ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) sahobiylar oldiga
chiqdilar. Ko'rinishlarida g'usl qilganlik alomati bor edi. Sahobiylar Rasululloh (s.a.v.)
ayollari bilan yaqinlik qilgan bo'lsalar kerak, deb o'yladilarda: "Yo Rasulalloh, biz sizning
ko'nglingizni shod ko'rayapmiz", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Ha, alhamdulilloh,
ko'nglim shod", dedilar. Shundan keyin sahobiylar boylik to'g'risida gapirishdi.
Rasululloh (s.a.v.): "Boylik yomonliklardan saqlanadigan kipshlar uchun zararsizdir.
Mana shunday kishilar uchun tan sog'lik boylikdan ham yaxshiroqdir va ko'ngil shodligi
(Allohga tashakkur etish lozim bo'lgan) ne'matlardan biridir", dedilar".
305. Navos ibn Sam'on (r.a.) aytdilar: "Sahobiylardan biri Rasululloh (s.a.v.)dan ezgulik
va gunohning mohiyatini so'radi, Rasululloh. (s.a.v.) javob berib dedilar: "Ezgulik go'zal
axlokdir, gunoh esa, vijdonni chulg'ab olib, uni odamlardan pinhon qiluvchi narsadir".
306. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.) xilqatda ham, axloqda ham
odamlarning eng yaxshisi, eng javonmardi va eng shijoatlisi edilar. Ke-chalarning birida
Madinada qo'rqinchlik bir tovush eshitildi. Kishilar o'sha tovush eshitilgan tomonga yo'l
oldilar. Rasululloh (s.a.v.) hammadan ilgari yelkala-riga qilich osib, Abu Talha (r.a.)ning
egarlanmagan yalang'och otiga minib, o'sha ovoz chiqqan yerdan qaytib
kelayotganlarida yo'lda borayotgan kishilarga duch keldilarda: "Qo'rqmanglar,
qo'rqmanglar", deb ularga tasalli berdilar va Abu Talhaning otini maqgab: "Bu otni men
dengizdek misoli ko'rdim", dedilar".
307. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga qilinadigan har bir
yaxshilik sadaqa hisoblanadi, hatgo bir birodaringga ochiq yuz bilan ro'baro' kelishing va
chelagingdan uning idishiga (suv) solib berishing ham sadaqa bo'ladi", dedilar".