Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
54
332. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Qur'ondagi "O'zlaringizni (bir-birlaringizni) mazax
qilmangiz" (49:11) deyilgan oyatni "bir-biringizga ta'na qilmang", deb tafsir qildilar.
Ya'ni kishilarni mazax qilsangiz, sizni ham mazax qiladilar, birovga ta'na qilsangaz, sizga
ham ta'na qiluvchilar topiladi
333. Abu Jubayra ibn Dahhok (r.a.): "Bir-birlaringizni laqablar bilan atamangiz" (49:11),
deyilgan oyati karimasi Bani Salama qavmi haqida kelgan", dedilar. Yana u kishi "Bizda
har bir kishining ikkitadan ismi bo'lgan. Rasululloh (s.a.v.) bizning qavmga kelgandarida
"Hay, falonchi",
deb bir kishini chaqirdilar, shunda odamlar: "Yo Rasulalloh! Uni bu ismi
bilan chaqirsangiz xafa bo'ladi", deyishdi.
334. Akrama (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos yoki Abdulloh ibn Umar ikkalalaridan
biri ikkinchilarini taomga da'vat qiddi. U kishining joriyalari xizmat qilib turgan paytida
uni "Hoy, zoniya", deb chaqirdilar. Shunda u kishining hamtovoqlari: "Unday demang!
Joriya sizning ta'nangiz uchun
bu dunyoda had urolmasa ham, qiyomat kuni albatta had
uradi", dedilar. Joriyani zinokor degan kishi: "Agar u haqiqatda zinokor bo'lsachi?" -
degan edilar, u kishi: "Alloh birovlarni yomon ibora bilan so'kinuvchi hamda so'kishga
odat qilgan kishini sevmaydi, deydilar". Bu oxirgi so'zni aytgan kishi Ibn Abbos edilar".
335. Abdulloh ibn Mas'ud aytdilar (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min kishi odamlarni
ta'na
qiluvchi, uyaltiruvchi, kishilarga la'nat yog'diruvchi, yomon iboralar bilan
so'kinuvchi va uyatsiz, tili achchiq bo'lishi ham mumkin emas", dedilar".
Dostları ilə paylaş: