154-bob. Kishi o'zi ishongan odamni maqgashi haqida
340. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v, ): "Abu
Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Abu Ubayda ibn Jarroh, Ubayd ibn Huzayr, Sobit ibn
Shammos, Maoz ibn Amr ibn Jumux, Muoz ibn Jabal (r.a.)larni: "Bular hammasi juda
yaxshi odamlar", deb maqtadilar va "falonchi falonchilar" deb yetti kishining nomini tilga
olib: "Bular yomon kishilar", dedilar".
341. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun
ruxsat so'radi. U kirmasdan avval Rasululloh (s.a.v.): "Bu o'z qabilasining yomon
farzandi", dedilar. U huzurlariga kirgandan keyin, yaxshi muomala qildilar. U kishi chiqib
ketgandan keyin yana bir kishi kelib ruxsat so'ragan-da, Rasululloh (s.a.v.): "Bu o'z
qabilasining yaxshi kishisi", dedilar, lekin unga avvalgi kishiga qilgan muomalalaridek
yaxshi muomala qilmadilar. U ham chiqib kettatsdan keyin men: "Yo Rasulalloh! Siz
falonchi kelganda yomon odam deb, lekin o'ziga yaxshi muomala qildingiz. Ammo
ikkinchi kishini avval maqgadingiz-u, lekin huzuringizga kirganda avvalgisqdek muomala
qilmadingiz?" - deb so'radim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyisha! Yomon
odamlarga yaxshi muomala qilmoq baloning oldini olmoqtsir", deb javob berdilar".