370. Abdulloh ibn Ja'far (r.a.) Umar ibn Abi Salmaning ikki yoshga to'lar-to'lmas qizchasi
Zaynabni o'payottanini ko'rdim, dedi Mahramaning otasi Bakkir (r.a.).
371. Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Xotining yoki qizchangdan bo'lak
bola-chaqalaringdan birortasining sochiga ham qaramaslikning uddasidan chiqa olsang,
qarama", dedilar.
372. Yusuf ibn Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga Yusuf
ismini berdilar, quchoqlariga olib, boshimni silab erkaladilar".
373. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning yonlarida qo'g'irchoqlarim
bilan andarmon bo'lardim. O'rtoqlarim ham men bilan o'ynardilar. Ra-sululloh (s.a.v.)
uyga kirib kelsalar, ular qochib chiqib ketishardi. Rasululloh (s.a.v.)ning o'zlari
o'rtoqlarimni mening oldimga yuborardilar va ular ham kelib, men bilan o'ynardilar.