Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
60
o'z tevasini Alloh yo'liga sadaqa qilinsin, deb vasiyat qilgan ekan. Men shu
amakivachchamning o'g'liga: "Tevani
menga ber, chunki men Abdulloh ibn Zubayrning
lashkarida xizmat qilib turibman", deganimda, u: "Abdulloh
ibn Umar huzuriga borib, bu
haqda u kishidan so'raymiz", dedi. Shu bilan ikkimiz Abdulloh ibn Umarga borib, voqeani
aytdik. Abdulloh ibn Umar amaki-vachchamning o'g'liga qarab: "Ey, o'g'ilcham,
qilinadigan har bir yaxshi ish Allohning yo'liga deb hisoblanadi. Otang o'z
tevasini Alloh
yo'liga sadaqa qilinsin, deb vasiyat qilgan bo'lsa, qachonki musulmonlar mushriklar bilan
g'azot qilayotganini ko'rsang, tevalarni shularga beraver.
Ammo bu Abu Ajlon va uning
sheriklari Abdulloh ibn Zubayr yo'lidadir. Bular har qaysisi mehr
qo'yishni istaydigan kishilardan", dedilar".
Mehr qo'yish - buyruqlari amalga oshirilishi zarur bo'lgan boshliq deyilmoqchi .
375. Jarir (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning: "Marhamatsiz kishiga Alloh taolo ham marhamat
qilmaydi", degan gaplarini eshitdi.
376. Hz. Umar (r.a.) dedilar: "Marhamatsiz kishiga Alloh taolo ham marhamat qilmaydi.
Boshqalar aybini yashirib yurmaydigan kishining ham aybini yashir-maydi.
Boshqalar
gunohini kechirmaydigan kishining ham gunohi kechirilmaydi va sirni saqlamaydigan
kishi saqlanmaydi, dedilar.
Ya'ni yomon ishlardan saqlanib tavba qilmaydigan kishini Alloh taolo o'zining azobidan
saqlamaydi, degan ma'noda
Dostları ilə paylaş: