378. Qurra ibn Ilyos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: Bir kishi: "Yo Rasulalloh! Men qo'y
so'yaman, lekin unga o'zimning rahmim keladi", dedi. Unga Rasululloh (s.a.v.): "Ko'yga
rahm qilsang, Alloh taolo senga ham rahm qiladi", deb shu so'zlarini ikki martaba
qaytardilar, deb hikoya qiladilar.
379. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Men rostgo'y va rostgo'yliklariga
ishonilgan Abulqosim - Rasululloh (s.a.v.)dan: "Rahm-shafqat bad-baxt kishidan bo'lak
hech kimdan tortib olinmaydi", degan so'zlarini eshitgan edim", dedilar.