Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   443
Buxpriy

200-bob. So'kishish haqida 
 
428. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir-biri 
bilan so'kishuvchi kishilarning aybi so'kishni avval boshlagani ustiga tushadi, basharti 
ikkinchisi so'kishni haddan oshirib yubormasa", dedilar". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
 
Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilingan 429-hadis 428-hadisning takrori. 
 
430. Nabiy muhtaram (s.a.v.) sahobiylaridan "Tuhmat yoki chaqimchilik nima, 
bilasizlarmi?" - deb so'radilar. Sahobiylar: "Buni Alloh taolo va uning Rasu-li yaxshiroq 
biladi", - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu - odamlarning orasini buzish uchun gapini bir-
birlariga naql qilib yurishdir", dedilar. 
 
431. Yana Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo tavoze'lik bo'linglar va biringiz ikkinchi kishiga 
zulm qilmasin, deb menga vahy qildi", dedilar. 
 
Tavoze' - lug'aviy ma'nosi kamtarlik, adablilik. Istilohiy ma'noda Alloh taologa bandalikni 
izhor qilib, buyruqlarini bajarish va qaytargan ishlaridan qaytish, boshqa kishilardan 
o'zini ustun bilmay, insoniylik jihatidan hammani teng huqukli hisoblab, ularning 
yordamiga hamma vaqt ehtiyoji borligini e'tirof qilmoqtsan iboratdir. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin