Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Odamlarning aybini o'z yuziga aytmagan kishi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   443
Buxpriy

203-bob. Odamlarning aybini o'z yuziga aytmagan kishi haqida 
 
 441. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir ishni qildilar va shuni qilmoqni 
ashoblarga ham ruxsat berdilar. Ammo ba'zi kishilar bu ish kamolotga zid deb bu ishni 
qilishdan bosh tortishdi. Bu gap Rasululloh (s.a.v.)ga ma'lum bo'lganidan keyin jahllari 
chiqdi va masjidda xutba o'qidilar, Alloh taologa hamdu sano aytib bo'lgach: "Nima 
uchun ba'zi odamlar men o'zim qilayotgan ishni qilishdan tortinadilar? Alloh taolo nomi 
bilan qasamyod qilamanki, men Allohning buyruq va ta'kidlarini ulardan ko'ra yaxshiroq 
biluvchi va undan qo'rquvchiroqman", dedilar".hozir chiqarib bermasang, o'zingai 
yalang'och qilib qaray-miz", deganimizdan keyin, junlik shalvorining bog'ichini yechib 
undan xatni olib berdi. Biz xatni u xotin bilan birga Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib 
keldik. Shunda hz. Umar ibn Xattob (r.a.): "Bu Xotib ibn Abi Balta'a Alloh taologa, uning 
Rasuliga va mo'min-lariga xiyonat qildi, ruxsat bering, men uning kalla-sini sug'urib 
olaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Xotibga: "Butsday xat yozib ushriklarga  
yuborishga seni nima majbur qildi?" - deb so'raganlarida, u: "Men xat yubordim, lekin 
bu xatda Allohga va uning Rasuliga zarari tegadigan hech so'z yo'q. Faqat siz bilan 
kelgan hamma muhojirlarning Makkada qolgan qarindoshlarini ximoya qiluvchilari bor. 
Ammo mening aslim makkalik bo'lmagani uchun u yerda turgan qarindoshlarimni 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
himoya qiladigan kishilari yo'q. Shuning uchun mushriklar ularni himoya qilarmikan
degan umid bilan xat yuborgan edim", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Xotib to'g'risini 
gapirdi, axir u Badr muhorabasida qatnash-ganlardan-ku, Alloh taolo Badrda 
qataashgan-larga: "Endi nima ish qilsangiz ixtiyorlisiz, sizlar-ga jannat lozim bo'ldi, 
degan emasmi?" - dedilar. Shundan keyin hz. Umar (r.a.) kallasini sug'urib ola-man, 
degan so'zlariga afsus qilib yig'ladilar va: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq 
biluvchidir", dedilar. 
 
Bir ishni - mazkur asar sharhdovchyasi Fazlulloh Jiyloniy izohiga ko'ra, janobi 
Payg'ambar (s.a.v.) uzluksiz ro'zador bo'lishlik, bir umr beva o'tishlikka qarshi 
chiqqanlar. Ba'zi taqvodorlarning fikricha, uzluksiz ro'zador bo'lish va o'z ayolini bo'sa 
qilmaslik, safarda ham ro'za tutish kerak emish. Rasululloh (s.a.v.) mana shu ishlarning 
aksini qildilar, ya'ni kishi uzluksiz ro'za tutmasin, uylansin, ro'zador kishi ayolini bo'sa 
qilsa, ro'zasi ochilmaydi va safarda tutmaslik yaxshi, deganlarida, ba'zi kishilar bu ish 
bilan kamolotga erishib bo'lmaydi, deb o'ylashdi. 
 
442. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Biron odam noma'qul ish qilib qo'yganda ham 
Rasululloh (s.a.v.): "Nima uchun shunaqa qilding?" - deb uning yuziga solmas edilar. Bir 
kuni huzurlariga bir kishi kirdi. Unda o'ziga surtgan xushbo'y sariq narsaning asari bor 
edi. U kishi chiqib ketganidan keyin, Rasululloh (s.a.v.) sahobiylariga: "Bu odam shu 
xushbo'y sariq narsani surtmasa (ikkinchi rivoyatda: ishlatmasa) yaxttti edi", degan 
edilar". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin