Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Muloyim bo'lish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   443
Buxpriy

217-bob. Muloyim bo'lish haqida 
 
467-hadis 414-hadisning aynan takrori. 
 
"Al-adabu-l-mufrad"ning turkcha nashrida (2005 yil) 468-hadis Jarir ibn Abdullohdan 
rivoyat qshingan, deb ko'rsatilgan va imom Muslim ham naql qilgan. 469-hadis ayni shu 
hadislarning takrori va keyinda keladi-gan hadis shu hadislardagi mazmunni ifoda etadi. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
 
470. Abu Dardo (r.a.)rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimgaki muloyimlikdan 
nasiba berilgan bo'lsa, unga yaxshilikdan nasiba ato qilingan bo'ladi va kim undan 
maxrum qilingan bo'lsa, yaxshilikdan ham mahrum bo'lgan bo'ladi. Kdyomat kuni 
mo'min bandaning tarozusini og'ir qiladigan narsa yaxshi axloqdir. Alloh taolo yomon 
so'z va yomon fe'llik kishiga albatta g'azab qiladi", dedilar". 
 
471. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Yaxshi sifatlik, salohiyatlik 
kishilar Qoqilib ketsa, ularni turg'azib qo'yinglar", dedilar".  
 
Shu hadis yuqorida ko'rsatilgan turkcha nashrda "Solih amal sohibi bo'lgan kimsalarnshg 
kichik xatolarini kechirib yuboring", deyilgan va u ham hz. Oyishadan rivoyat qilingan. 
 
472. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Kimda axmoqlik va 
nodonlik bo'lsa, hamisha uyatga qo'yadi. Alloh taolo latif va muloyimlikni sevadi", 
dedilar". 
 
473. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) parda ichida o'tirgan qizdan 
ham uyatchanroq edi-lar. Rasululloh (s.a.v.)ning bir narsadan ko'ngillari olinganini 
ranglari o'zgarganidan bilar edik". 
 
474. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yaxshi siyrat, 
chiroyli hay'at va har bir ishda iqtisodchilik yetmish xislatdan bir bo'lagidir", dedilar". 
 
Yaxshi siyrat - xalq bilan yaxshi muomalalik bo'lish, chiroyli hay'at shaklni, ko'rinishni 
yaxshi qilib yurish, iqtisod esa, har bir ish va harakatda, hatto ibodatda ham o'rtacha 
holda bo'lishlik-ni kishi o'ziga lozim tutishidan iboratdir. 
 
475. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men o'jar, bo'yin bermaydigan tevaga mingan edim, 
Rasululloh (s.a.v.) uni urganimni ko'rib: "Muloyim bo'l, kimda muloyimlik bo'lsa, husn va 
kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo'lmasa, u aybli va nuqsonli bo'ladi", 
dedilar". 
 
Turkcha nashrda hz. Oyisha (r.a.)dan quyidagi hadis rivoyapg qshingan: "Muloyim bo'l; 
zero muloyishik insonni bezaydi. Kupollik kishini xunuk ko'rsatadi". (Imom Buxoriy. 
Adabu-l-mufrad. Tarjima, tahrir va ta'-liq etuvchi Rauf Pahlavon, 2005, 191-bet). 
 
476. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "O'ta baxillik va mol-mulkka xirs 
qo'yishdan saklaning, chunki baxillik sizdan ilgari o'tgan kishilarni halok qilgan. Shu 
baxilliklari tufayli ular bir-birlarining qonini to'kkan va qarindoshlikni uzib qo'yishgan. 
Birovga zulm qilishlik qiyomat kuni zolimni qorong'ulikka tushiradi", dedilar". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin