Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Tunda bemorni ko'rish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   443
Buxpriy

227-bob. Tunda bemorni ko'rish haqida 
 
504. Xolid ibn Rabi' (r.a.) aytdilar: "Huzayfa ibn Yamon (r.a.)ning betobliklari 
og'irlashgan vaqtda urug'-aymoqlari va ansorlar eshitib, yarim kechada oldilariga 
kelishdi. Shunda Huzayfa (r.a.): "Bu qaysi vaqt?" - deb so'radilar. Ular: "Tun yarmi", 
deb javob berganlarida, Huzayfa (r.a.): "Tongotar vaqtidagi do'zax o'tidan Alloh 
taolodan panoh so'rayman", dedilar-da, keyin: "Men uchun kafanlik narsa olib 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
keddingizmi?"- deb so'radilar. Ular: "Ha, olib keddik", deganlarida, Huzayfa (r.a.)' 
"Kafanlikni haddan ortiqcha yoki narxi qimmat narsadan qilmanglar. Agar Alloh taolo 
huzurida yaxshilik menga nasib bo'lgan bo'lsa, bu kafandan yaxshirog'i beriladi. Yoki ish 
aksincha bo'lib qolsa, bu kafanni darhol mendan tortib olinadi, ya'ni bu kafan chirib, 
tuproqqa aylanadi", dedilar". 
 
505. Hz. Oyisha (r.a.)danrivoyat qilindi: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Qaysi bir mo'min 
banda betob bo'lsa, Alloh taolo uni gunohlaridan temirchining bosqoni temirning 
ifloslarini tozalaganidek tozalaydi", dedilar". 
 
506. Yana hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Bir musulmon 
kishiga og'riq yoki betoblik oriz bo'lsa, hatto biror yeriga tikon sanchilsa yoki hayotdagi 
hodisalardan biror hodisaga uchrasa, Alloh taolo shularni u kishining gunohlariga 
kafforat qiladi", dedilar". 
 
507. Sa'd ibn Abi Vaqqos (r.a.)ning qizlari Oyishadan rivoyat qilindi. Oyishaning otasi 
aytdilar: "Men Makkai Mukarramada qattiq betob bo'ldim. Shunda Rasululloh (s.a.v.) 
mening holimni so'ragani keldilar. Men: "Yo Rasulalloh, men o'zimdan keyin bir qancha 
mol Qoldirib ketaman. Ammo orqamda bshtagina qiz qoladi. Shuning uchun molimning 
uchdan ikki hissasini vasiyat Qilib, bir hissasini qizimga qoldirsam?" - dedim. Rasululloh 
(s.a.v.): "Yo'q, mumkin emas", dedilar. "Bo'lmasa yarmini vasiyat qilaman". Rasululloh 
(s.a.v.): "Yo'q, bu Ham joiz emas", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Mayli, uchdan birini 
vasiyat qilsangiz bo'ladi. Lekin uchdan biri ham ko'p", dedilar. Shundan keyin Rasululloh 
(s.a.v.) muborak qo'llarini mening peshonamga qo'yib, yuzimni va qornimni siladilar-da: 
"Ey, Alloh! Sa'dga shifo ber, u kishining hijratlarini tamomiga yetkazgin", deb duo 
qildilar. "Mana shu vaqtgacha Rasululloh (s.a.v.)ning qo'llarining jigarimga tekkan 
sovug'ini sezib turgandek bo'laman", dedilar Sa'd. 
 
Sa'd ibn Abi Vaqqos Makkadan Madinaga hijrat qilgan sahobiylardan biridir. Makka 
fathida kasallanib, shu kasallik bilan o'lib ketaman, shekilli, deb hijratining chala 
qolishidan xavfsirab Rasululloh (s.a.v.)dan duo so'ragan edi. Bu hadisi sharif Rasululloh 
(s.a.v.)ning mu'jizalaridan birini namoyish etgan: Savd ibn Abi Vaqqos Rasululloh 
(s.a.v.)ningduolari bilan tuzalish bilan birga Iroq va uning atroflarining fathida ham 
ishtirok etdi, so'ngra Iroqqa voliy etib tayinlatsdi. Bu orada juda ko'p odamlarning 
hidoyat yo'lini topishlarida vasila ham bo'ldi. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin