Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. "Men xastaman", demak shikoyat hisoblanadimi?



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   443
Buxpriy

229-bob. "Men xastaman", demak shikoyat hisoblanadimi? 
 
518. Urva ibn Zubayr aytdilar: "Biz Abdulloh ibn Zubayr o'ldirilishlaridan o'n kecha ilgari 
u kishi bilan onalari Asmo' (r.a.) huzurlariga kirgan edik. Abdulloh: "Ahvolingiz qalay?" - 
deb so'raganlarida, Asmo': "Betobman, hamma yog'im og'riydi", dedilar. Shunda 
Abdulloh: "Men ham o'lim oldidaman (ikkinchi rivoyatda: o'limda rohat bor)", degan 
edilar. Asmo': "Sen mening o'lishimni xohlayotibsan shekilli, shuning uchun o'limni orzu 
qilayotibsan, bunday qilmagan. Men sening ikki tarafingdan biri menga kelmaguncha 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
yoki o'ldirilsangu, shunga sabr etib savob olmagunimcha yoxud g'alaba qozonganingni 
ko'rib, ko'zim quvonmaguncha o'lishni istamay-man. Senga bir reja taklif qilinsa, uni 
qilishdan o'zingni ehtiyot qil! Chunki u senga keyin muvofiq kelmay qolib, o'limdan 
qo'rqqaningdan qabul qilishga majbur bo'lib qolasan", dedilar". 
 
Asmo' (r.a.) hz. Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning qizlari. U zot xz Oyisha (r.a.)dan katta edilar. 
Homilalik holida Madinaga xij-rat qilib ketayotganida, Qubo degan joyda Abdulloh ibn 
Zu-bay-rni tug'dilar. Asmo' Zubayr ibi Avomning xotini bo'lib, keyin undan taloq bo'lgan 
edilar. Abdulloh ibn Zubayr Islom paydo bo'lgan-dan keyin musulmonlar orasida birinchi 
tug'ilgan far-zand bo'ldi-lar va Rasulullohning o'zlari tabarruk og'izlarvda chaynalgai xur-
mo bilan uning tanglayini ko'tardilar.Ikki taraf - ikki qo'l va ikki oyoq bo'lib, shu 
a'zolaring shi-kastlanmaguncha, deyilmoqchi. Asmo' o'g'illari Abdulloxdan oldin vafot 
etishni xohlamadilar. Chunki Abdulloh shahid bo'lishini yoki g'alaba qozonganini ko'rib, 
xursand bo'lish umidida edilar. Bu al-batta o'g'lilariga bo'lgan xayrixohliklarining 
nishonasi edi. 
 
519. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi. Bu kishi Rasululloh (s.a.v.) isitmalanib, 
ustlariga shokilalik kiyimlarini tashlab yotgan vaqtlarida huzurlariga kirib, badanlariga 
qo'llarini tekkiz-gan edilar, kiyimlari ustidan isitmaning haroratini sezib: "Yo Rasulalloh! 
Isitmangiz juda qattiq-ku", deganlarida Rasululloh (s.a.v.): "Ha, shunday. Biz 
(payg'ambar)larga Alloh taoloning balosi qatgiq bo'ladi va shuning uchun ajru savobimiz 
ham necha barobar ziyoda qilinadi", dedilar. Abu Said: "Yo Rasulalloh! Odamlarning 
qaysilariga balo qatgiqroq bo'ladi?" - deb so'radilar. Rasul-ulloh (s.a.v.): "Payg'ambarlar 
va solih bandalarga (boshqa kipshlarga nisbatan) qatgaqroq bo'ladi. Shulardan qaysilari 
kambag'allikka mubtalo bo'lib, faqat old tomoni ochiq bitga kiyimdan bo'lak kiyadigan 
narsasi bo'lmay, shunga o'ralibgina yurgan, ba'zilari bitlab ketishga mubtalo bo'lib, 
Hatgo u bitlar uni chaqaverib, o'ddirishgacha olib borgan edi. Ularning (payg'ambarlar 
va solih bandalarning) Alloh taolo tomonidan yuboriladigan baloga shodliklari sizlarning 
farovonlikka bo'ladigan shodliklaringizdan ham ko'proq bo'ladi", dedilar. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin