230-bob. Hushidan ketadigan bemorni ko'rish haqida
520. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan eshitildi, u kishi: "Men bir dard bilan og'ridim. Shunda
Rasululloh (s.a.v.) bilan Abu Bakr Siddiq (r.a.) meni ko'rgani piyoda yurib kelishdi. Shu
paytda behush bo'lib yotgan edim. Rasululloh (s.a.v.) tahorat qilib, shu tahorat
suvlaridan ustimga sochdilar. Shundan keyin men o'zimga kelib bunday qarasam,
yonimda o'tirgan Rasululloh (s.a.v.)ga ko'zim tushdida: "Yo Rasulalloh, molim to'g'risida
nima qilmog'im kerak?!" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.) menga javob
qaytarmaslaridan avval meros haqidagi oyat nozil bo'ldi".