Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   443
Buxpriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
525. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a, v.) xastalikning zo'ridan butun 
vujudi titrayotgan Ummu Soibning ziyoratiga bordilar. "Senga nima bo'ldi? - deb ahvol 
so'radilar xotindan. "Isitma vujudimni kuydiryapti, yo Rasulalloh! Alloh uni daf' etsin", 
dedi xotin. "Jim, xastalik haqida yomon so'z qilma. Bosqonning dami temirning zangini 
ketkazgandek, xastalik ham mo'minning xatolarini o'chiradi", dedilar Rasululloh (s.a.v.). 
 
526. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh 
taolo qiyomat kuni bir bandaga men sendan taom so'raganimda ber-magan eding", 
dedi. U banda: "Ey, Parvardigori olam! Sen mendan qanday qilib taom so'rabsan? O'zing 
butun jahonning rizqlantiruvchisisanku axir", dedi. Alloh taolo: "Sen bilmadingmi? 
Falonchi bandam sendan taom so'raganda bermagan eding. Agar o'shanga taom bergan 
bo'lganingda, uni albatta mening oldimda topar eding", dedi. Yana Alloh taolo: "Ey, 
odam bolasi! Men sendan suv so'raganimda suv bermagan eding", dedi. U kishi: "Ey, 
Rabbim! O'zing rabbil olamiynsan, men senga qanday suv beraman?" - dedi. Alloh taolo: 
"Bilmadingmi? Falon bandam sendan suv so'raganda bermagan eding, unga suv 
berganingda, albatta uni mening oldimda topgan bo'lar eding", dedi. Alloh taolo yana: 
"Ey, Odam farzandi! Betob bo'ldim, sen meni kelib ko'rmading", dedi. U kishi: "Ey, Alloh! 
Sen betob bo'lmaysan, o'zing rabbil olamiynsan, men Sening betobligingni qanday 
so'rayman", dedi. Alloh: "Sen bilmadingmi? Falonchi bandam betob bo'lganda borib 
so'ramading. Agar borib so'ragan bo'lganingda, albatta, uni mening oldimda topar 
eding", dedi". 
 
527. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bemor kishini borib 
ko'ringlar, janozalar orqasidan qabristongacha yoki masjidgacha boringlar. Chunki bu ish 
sizga oxirat kunini eslatadi", dedilar". 
 
528. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch narsa bor, ularning 
hammasini bajarish har bir musulmon kishining vazifasidir. Bemor kishini borib ko'rish, 
vafot etgan kishining janozasiga borish va aksa urgan kishi: "Alhamdulilloh" desa, unga 
"Yarhamakalloh" ("Senga Alloh taolo rahm qilsin"), deb javob qaytarish", dedilar". 
 
235-bob "Bemorga shifo tilamak haqida" bo'lib, unda (529-hadis) 227-bobdagi 507-
hadis mazmuni takrorlangan, ammo bu hadis Sa'd ibn Abi Vaqqosning uch o'g'lidan 
rivoyat qilingan. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin