578. Hz. Ali (k.v.)dan rivoyat qilindi, bu zot aytdilar: "Bir so' yoki ikki so' taomni Alloh
uchun do'st tutgan birodarlarimdan bir nechasini yig'ib kelib, shularga yedirganim men
uchun bozorlaringizga borib bir qul ozod qilganimdan ko'ra yaxshiroq".
256-bob. Johiliyat zamonida tuzilgan ittifoq
579-hadis. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.) aytdilar: "Men amakilarim bilan xushbo'y
ishlatganlar muohadasida hozir bo'lgan edim. O'sha muohadani buzish uchun menga
qizil tevalar berilsa bas, men uni buzishni xohlamayman".
Ya'ni fil voqeasidan biroz vaqt ilgari Quraysh qabilasidan kelib chiqqan tuqqizta kichik qabilalar bir joyga to'planib, asli makkalik yoki boshqa joydan kelib Makkada turib qolgan bir kishiga birov zulm qilsa, undan o'ch olmay qo'ymaslikka ittifoq tuzishdi. Shunda Abdul Mutallibning qizi Ummu Hakim ularga bir idishda xushbo'i narsa yubordi. Ular shu idishga qo'llarini tiqib turib, shu muohadani buzmaslikka Ka'batulloh bilan qasam ichishdi. Mana shu muohadani "Xilf al-mutayyibin" ("Xushbo'y idishga qo'l tiqqanlar ittifoqi") deb ataldi.