Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Hayvonlar egasi uchun quvvatdir



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   443
Buxpriy

261-bob. Hayvonlar egasi uchun quvvatdir 
 
586. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): 
"Kufrning boshi kun chiqar tomonda, faxrlanish va manmanlik shahardan tashqarida 
yashaydigan yuzlab, minglab ot va tevalari bo'lgan kishilarda bo'ladi, viqor va tavoze'lik 
esa qo'y egalarida bo'ladi", dedilar". 
 
Kufrning boshi Sharq tomonda deganlari, vallohi a'lam, Sharq Arabistonga nisbatan Fors 
mamlakati bo'lib, u yerda majusiylik rivoj topgan davrga muvofiq aytilgan bo'lsa 
kerak.Ko'p ot va tevalari bo'lganlar davlatmandlik bilan g'ururlanib, boshqalarni 
mensimaydilar. Ammo qo'y egalariga esa, qo'ylardagi kamtarlik, saxovatlik xislatlari 
o'tar ekan. 
 
587. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men itlar bilan qo'ylar haqida taajjublanaman. 
Qo'ylardan qancha-qanchasini har yili kishilar so'iib yeydi va qanchasi Alloh taolo yo'lida 
hadya-ehson qilinadi. Ammo bir urg'ochi it qancha bola tug'adiyu, lekin hisoblab 
ko'rilganda qo'ylar soni itlarga nisbatan juda ko'p bo'ladi, men shunga taajjub qilaman". 
 
588. Abu Suf'yon Qurayshiy aytdilar: "Hz. Umar ibn Xattob mendan: "Ey Abu Suf'yon, 
senga keladigan daromad qancha?" - deb so'radilar. Men: "Ikki ming besh yuz", dedim. 
Shunda u kishi: "Ey, Abu Suf'yon! Qurayshning yigitlari sizlarga voliy bo'lib qolishlaridan 
avval sen dehqon-chilik va chorvalardan o'zingga mulk qilib ol! Chunki ular nazdida 
shundan boshqa yo'l bilan keladigan daromad mol hisoblanmaydi", dedilar". 
 
589. Abda ibn Hazi aytdilar: "Teva egalari bilan qo'y egalari bir-birlari bilan faxrlanishdi. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) qo'y boquvchi bo'lsa-lar ham payg'ambar 
bo'ldilar, hz. Dovud ham podachi bo'lishlariga qaramay payg'ambar bo'ldilar va men 
ham Ajyoddagi ahllarimning qo'ylarini boqib yuradigan podachi bo'lganman. Shunga 
qaramay Alloh taolo meni payg'ambar qildi", dedilar. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin