621. Rabi' juma kunlari Alqamaning oldiga kelar edi. Agar men u yerda bo'lmasam,
menga odam jo'na-tar edilar. Bir marta u men yo'qligimda kelibdi. Alqama meni uchratib
qolib dedi: Rabi' keltirgan (aytgan) narsani ko'rmaysanmi? Kishilarning ko'p duo
qilishlariniyu ijobati kam bo'layotganini ko'rmayapsanmi? Chunonchi, Alloh taolo
faqatgina ixlos bilan qilingan duolarni ijobat qiladi. Men: "Bu gapni Abdulloh ibn Mas'ud
aytmaganmidi?" dedim. U: "Abdulloh nima degandi?" - deb so'radi. Abdulloh: "Alloh
taolo sum'achi va riyokorning duosini eshitmaydi", faqat qalbidan sabot bilan duo
qilganning duosini qabul qiladi", degan. Eshituvchi: "Alqama (ham buni) zikr qildimi?" -
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
100
deb so'radi. U: "Ha", deb javob berdi.Sum'achi deb birovlar eshitsin uchun amal
qiladigan odamni aytiladi .