Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   443
Buxpriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
eshitganman", dedi. 
 
686-687-hadislar mazmunan yuqoridagi hadisning takrori. 
 
688. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Eng ishonchli duo: "Allohim, meni 
Parvardigorimsan, men Sening bandangman, men o'z nafsimga zulm qildim. 
Gunohlarimni e'tirof qilaman, gunohlarni faqat O'zing kechira olasan. Yo, Parvardigorim, 
mening gunohlarimni kechirgin", deyishdir", dedilar". 
 
689. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, ishlarimning pokizasi 
bo'lgan dinimni salohiyatli qil, hayotim kechadigan dunyoimni isloh qil hamda men 
uchun o'limni barcha yomonlikdan (suyukli) rahmat qilgin", der edilar". 
 
690. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) balolar mashaqqatidan, 
baxtsizlikning ta'qibqdan, shum taqdirdan va dushmanlarning kulgisidan panoh so'rar 
edilar". 
 
Bu hadis roviylaridan biri Sufyon (r.a.): "Hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.) uch narsadan 
panoh so'raganlar, deyilgandi. Men unga bitta qo'shib qo'ydim. Lekinu yuqoridagilardan 
qaysi biri ekanini aniqlay olmadim".Ismoil aytadilar: "Agar mendan: "Sufyon (r.a.) 
hadisni unutishga qanday jur'at qilgan?" - deb so'rasalar, Sufyon avval boshda hadisni 
yod olgan edi, vaqt o'tishi munosabati bilan unutib quygandir", deb javob bergan 
bo'lardim. 
 
691. Hz. Umar (r.a.) besh narsadan Allohdan panoh so'raganlarini rivoyat qildilar: 
tamballikdan, baxillikdan, yolg'izlikdan, qalb fitnasidan va qabr azobidan. 
 
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan 692-hadis yuqoridagi hadis-ning takroridir. Anas 
ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilingan 693-hadis ham yuqoridagi hadis kabidir. 
 
694. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ning o'qib yurgan duolaridan biri 
ushbu edi: "Allohummag'firli ma qaddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a'lantu 
va ma anta a'lamu bihi minniy, innaka anta-l-muqaddam va-l-muaxxar, la ilaha illa 
anta". 
 
Duoning mazmuni: Allohim, mening avvalgi va keyingi sirli va oshkora qilgan 
gunohlarimni mag'firat qilgin. Qaqiqatda Sen muqaddam, muahhar Zodan, o'zingdan 
o'zga hech qanday iloh yo'q!  
 
695. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, men 
Sendan hidoyat, ofiyat va nafsi to'qlik so'rayman", deya duo qilardilar 
 
696. Samoma ibn Huzin (r.a.) aytdilar: "Men bir keksa kishining baland ovoz bilan: 
"Allohumma inni a'uzubika mina-sh-sharri la yaxlithu sha'un", deya nido qilayotganini 
eshitib: "Kim bu qariya?", deb so'radim. "U Abu Dardo", deb javob berishdi. 
 
Duo mazmuni: Allohim, Sendan biror narsa aralashmagan holda yomonliklardan panoh 
so'rayman (t.). 
 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin