www.ziyouz.com kutubxonasi
109
697. Abdulloh ibn Abu Avfo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, iflos libos
kirdan tozalangani kabi meni ham muz, do'l va sovuq suv bilan poklagin!. Ey, Allohim,
ey, Parvardigorim, ko'klarni va yerni to'ldirib, bundan boshqa Sen istagan barcha nar-
salarni to'ldiradigan hamdu sano faqat o'zingga xosdir", der edilar.
Xofiz Ibn Taymiyadan: "Gunohlardan sovuq suv bilan qanday qilib poklaniladi?" deb so'ralganida shunday javob berdi: "Gunohlar qalbga tug'yon, nopoklik va zaiflik olib keladi. Zero, bular go'yo o'tin bo'lib yonadi; gunohlar ko'paygani sari qalb o'ti alangalanaveradi va qalbni zaiflashtiraveradi. Suv esa, nopoklikni ketkazadi va olovni o'chiradi. Agar suv muzdek bo'lsa, jismning salobatini, qat'iyatini kuchaytiradi va uni yanada mustahamligi oshadi hamda gunoharning asoratini ketkazadi".
698. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni ko'p aytar edilar:
"Allohim, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin va oxiratda ham yaxshilik ato et va
bizni do'zax azobidan asragin".
699. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Sendan faqirlik,
yetishmovchilik, xorlikdan panoh so'rayman hamda biror kimsaga zulm qilib qo'yishdan
va birovdan zulm ko'rishdan panoh tilayman", der edilar".
700. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) huzurlarida o'tirgan edik, ul
zot juda ko'p duo o'qidilar, lekin eslab qololmadik. "Siz ko'pgana duo o'qidingiz, ammo
biz eslab qololmadik, ey Allohning Rasuli", dedik. Shunda ul zot: "Sizlarga kerakli barcha
narsani o'zida jamlagan bir duoni aytaymi? Ey, Allo-him, Biz payg'ambaring Muhammad
(s.a.v.) so'ragan barcha narsani so'raymiz va payg'ambaring Muhammad (s.a.v.)
Seqdan panoh tilagan barcha narsalardan o'zingga sig'inamiz. Ey, Allohim, yordam
so'rab sig'iniladigan Zot faqat o'zingsan va Sening yordaming bilangina xayrga erishilur.
Kuch va qudrat faqat Alloh bilandir".
701. Amr ibn Shu'ayb otasi va bobosidan rivoyat qilib, Rasululloh (s.a.v.)ning shunday
deganlarini xabar qildi: "Allohim! Yelgonchi Masihi Dajjolning fitnasi-dan, jahannamning
fitnasvdan sendan panoh so'rayman".
702. Ato ibn Soib (r.a.)dan rivoyat qilindi: Ibn Abbos (r.a.) "Allohim, menga bergan
rizqingda qano-atli qilgin, uni men uchun barakotli qilgin va bar-cha yo'qotganlarim
o'rnini xayrlisi bilan to'ldirgin", deya duo kdlardilar.
703. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Ra-sululloh (s.a.v.): "Allohim! Bizga bu
dunyoda ham, oxiratda ham ezgulik ato et, bizni jahannam azobidan saqla", deb duo
qilar edilar".
704. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)-' "Ey, qalblarni aylantiruvchi
Allohim, qal-bimni dining uzra sobit, barqaror qil", degan duo-ni ko'p takrorlardilar.
Abdulloh ibn Abu Vafodan rivoyat qilingan 705-hadis mazmuni yuqori-dagi hadis kabidir.
706. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)ning o'qib yuradigan
duolaridan biri ushbu edi: "Ey, Allohim, ne'matingni zavolidan, ofiyatingni o'zgarishidan,
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
110
nogahon keluvchi azobingdan va barcha g'azabingdan o'zingga sig'inaman, o'zingdan
panoh tilayman".