Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
722. Abdurrahmon ibn Abu Bakra otalariga: "Ota-jon, har kuni ertalab va kechqurun 3
martadan: "Allohim, jismimni salomat qil, Allohim, qulog'imni salomat qil, Allohim,
ko'zimni salomat qil. O'zingdan boshqa hech qanday iloh yo'q", deganingizni va yana:
"Allohim, kufr va faqirlikdan panoh ber, Allohim, qabr azobidan panoh ber", deb
aytayotganingizni eshitganman", dedilar. Shunda otala-ri: "To'g'ri, bolam, men bularni
Rasululloh (s.a.v.) aytayotganlarini eshitganman. Men ul zotning sun-natlariga
ergashishni yaxshi ko'raman", dedilar. Va yana dedilar: "Rasul-ulloh (s.a.v.) g'amgin
odam o'qiydigan duoni ham o'rgatganlar, u duo ushbudir: "Ey, Allohim, rahmatingdan
umidvorman. Meni bir lahza ham o'z holimga tashlab qo'yma. Mening butun ishlarimni,
sha'nimni o'nglagin. Sendan o'zga hech qanday iloh yo'qdir".
Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan 721-hadis 723-hadisda ham takrorlangan.
Dostları ilə paylaş: