724. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizga Qur'ondan bir sura
o'rgatgandek istixora duosini o'rgatib: "Kimki biror ishga niyat qilsa, ikki rak'at nafl
namoz o'qisin va shunday duo qilsin: "Ey, Allohim! Sen bilganing uchun o'zim haqqimda
xayrlisini menga bildirishingni so'rayman. Qudratingdan quvvat istayman, Sening buyuk
karamingni tilayman. Chunki, Sening har bir ishga kuching yetadi, qodirsan, men qodir
emasman. Sen barcha narsalarni biluvchisan, men bilolmayman. g'ayb narsalarning
bilimdoni o'zingsan. Allohim, agar bu ish mening dinimda, turmushimda, ishimning
oqibatida, bugunim va kelajagimda xayrli, deb bilsang uni menga nasib et va muyassar
ayla. Yo'q, agar bu ish dinimga, turmushimga, ishim oqibatiga, bugunim va istiq-bolimga
zararli, deb bilsang, uni mendan, meni undan uzoqpashtir. Xayr qaerda bo'lsa uni menga
taqdir qil va muyassar et. Meni u bilan mamnun qilgin". So'ngra hojatini aytsin",
degandilar".
725. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Fath masjidida dushanba,
seshanba va chorshanba kunlari duo qildilar. Duolari chorshanba kuni ikki namoz
o'rtasida ijobat bo'ddi". Jobir aytdilar: "Mening boshimga qachon biror mushkul ish
tushsa, chorshanba kuni ikki namoz o'rtasidagi o'sha soatda Allohdan duo qilib
so'raganimda doim duoim qabul bo'lganini bilaman".
726. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edim, bir kishi:
"Ey, osmonlar va yerni ajoyib tarzda yaratgan ijodkor! Ey, abadiy barhayot Zot! Ey,
butun borliqni qudra-ti bilan tutib turgan Zot! Men Sendan so'rayman-ki...", deyotgan
edi. Shunda ul zot: "Bu odam nima deb duo qilayotganini bilayapsizmi? Jonim qo'lida
bo'lgan Zotga qasamki, agar Allohning mana shu is-mlari bilan duo qilinsa, albatta ijobat
bo'ladi", dedilar".
727. Abu Bakr Rasululloh (s.a.v.)ga: "Menga bir duo o'rgatingki, uni namozlarimdan
so'ng o'qib yurayin", dedilar. Rasululloh: "Allohim, men o'zimga o'zim ko'p zulm qilib
qo'ydim. Gunohlarimni faqatgina Sen kechira olasan. O'z dargohing mag'firati bilan
gunohlarimni kechirgin, zero Sen G'ofur (kechirimli) va Rahim (mehribon) Zodan", deb
duo qiling", dedilar".