Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
115
735-hadis. No''mon ibn Bashir (s.a.v.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.) "Duo
ibodatdir", dedilar. So'ngra: "Menga duo qilinglar, Men sizlar uchun (duolaringizni)
mustajob qilay!" (40:60), degan oyatni o'qidilar.
736. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Paygambar (s.a.v.) dan "Qaysi ibodat afzal?" deb
so'rashganda: "Kishining o'z haqqiga qilgan duosidir", deb javob berdilar".
737-hadis. Ma'qil ibn Yasor (r.a.) aytdilar: "Men Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan Rasululloh
(s.a.v.) ning huzurlariga bordim. Ul zot: "Ey, Abu Bakr, shirk oran-gizda o'rmalovchi
chumolidan ham yengilroqtsir", dedilar. "Shirk faqat Allohdan o'zgaga ibodat qilishmi?"
deb so'radilar Abu Bakr (r.a.). Rasululloh (s.a.v.): "Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki,
shirk o'rmalovchi chumolidan ham yengilroqdir. Men sizga uni aytib yurshdingiz bilan
shirkning katgasi-yu kichigidan xalos bo'ladigan bir narsa o'rgataymi?" dedilar va: "Ey,
Allohim, o'zim bila turib Senga biror narsani shirk keltirib qo'yishimdan asragin va
bilmagan holatimda shirk keltirib qo'ysam, kechirgin", deb ayting, deb ta'kidladilar".
Dostları ilə paylaş: