738. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) qattiq shamol turgan paytda:
"Ey, Allohim, Sen yuborgan narsaning xayrlisini so'rayman va Sen yuborgan narsaning
yomonligidan panoh tilayman", der edilar".
739. Salama (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) shiddatli shamol esib qolsa: "Ey,
Allohim, bu shamol haqiqiy bo'lmasin va quritguvchi ham bo'lmasin", der edilar".
Haqiqiy shamoldan murod - azob shamoli, qurutguvchidan murod ~ halok etuvchi.