753. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik. Qandaydir
sassiq hid taraldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bilasizlarmi bu nima? Bu mo'minlar
g'iybatining hididir", dedilar".
754. (Yana) Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bir kuni
sassiq hid taraldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Munofiqlar musulmonlarni g'iybat qilishdi,
bu o'shaning sassig'i", dedilar".
755. Ibn ummu Abd aytdilarki, qaysi bir mo'minning oldida g'iybat qilinganda u o'sha
g'iybatni to'xtatsa, Alloh taolo uni dunyo va ohiratda mukofotlaydi. Qaysi bir mo'min
oldida bo'layotgan g'iybatni to'xtatmasa, Alloh taolo uni dunyo va oxiratda jazolasin!
Kishi bir mo'minni g'iybat qilishi bilan harom luqmani og'zi-ga olgan bo'ladi; o'sha
gapirayotgan odamdagi bor narsani aytsa, g'iybat qilgan bo'ladi. Agar yo'q narsani
aytsa, unga tuhmat qilgan bo'ladi.