785. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Sizlardan birortangiz bilmagan narsasi xususida "Buni
Alloh biladi", demasin. Chunki Alloh.bundan boshqa narsalarni ham bilguvchi va u
bandalarga bilmagan narsasini o'rgatuvchidir. Shuning uchun bunday deyishlik Alloh
huzurida katta gunohdir".
328-bob. Kamalak haqida
786. Ibn Abbos aytdilar: Somon yo'li osmon eshiklaridan biridir. Kamalak esa, Nuh (a.s.)
qavmi g'arq bo'lgandan keyin insoniyatni g'arq bo'lishdan saqlab kelmoqda.