787. Abu Tufayldan rivoyat qilindi: "Ibn Kavvo hazrat Alidan somon yo'li haqida so'radi.
"U osmonning chiqish teshigidir. Undan daryoday davomli oquvchi suv bilan osmon yuzi
ochiladi", deb javob berdilar".
788. Ibn Abbos aytdilar: "Kamalak yer yuzi aholisi uchun g'arq bo'lishdan omonlikdir.
Somon yo'li esa, osmonning eshigidir Osmon o'sha somon yo'lidan yoriladi".
'Munajjimlikka oid ilmiy ishlar va entsiklopediyalarda yozilishicha, Somon yo'li Veronika sochlari turkumida bo'lib, osmonni deyarli katga aylana bo'ylab o'rab olgan yorug' yo'l. Islom aqidasiga ko'ra, ana shu aylana osmon qopqasi va u ajralib ketishi ham mumkin.