330-bob. "Allohim, meni marhamating qarorgohiga qo'ygin", degan hadis haqida
789. Abu Horis Kirmoniy aytdilar:"Bir kishi Abu Rajoga: "Senga salom bo'lsin, Allohdan
marhamati qarorgohida ikkimizni birga qilishini so'rayman", deganini eshitdim. Abu Rajo
unga: "Biror kishi bunga qodirmi? Allohning marhamat qarorgohi nima ekan?" - deb
so'radi. Boyagi kishi: "Jannat", degandi, Abu Rajo: "Topolmading", dedi. "Nima bo'lmasa
Allohning marhamati qarorgohi?" - deb so'radi u odam. "Olamlarning Parvardigoridir",
deb javob berdi Abu Rajo".