Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
61. Hz. Usmon ibn Affon (r.a.)goshg ozod qilgan qullaridan Abu Ayyub Sulaymon (r.a.)
aytdilar: "Abu Hurayra (r.a.) payshanbadan jum'aga o’tar kechasi bizga keldilarda, o’z
qarindoshlariga yaqindan yondashmagan kishilar bizning oldimizdan albatta turib
ketsinlar, dedilar. Lekin hech kim turmadi. Abu Hurayra (r.a.) bu so’zni uch martaba
qaytarganlaridan keyin bir yigit turib ketdi. U ikki yildan buyon aloqani uzib yurgan
ammasining uyiga borib unga salom berdi. Ammasi taajjublanib: "Seni bizga qanday
shamol uchirib keldi, qancha vaqtlardan buyon kelmay yurib, endi kelib qolishingning
sababi nima bo’ldi?" - deb so’radi. U: "Men Abu Hurayradan shunday gaplarni
eshitganim uchun keldim", dedi. Ammasi: "Abu Hurayra oldiga qaytib borib, nima uchun
u shunday deganining sababini so’ragin", dedi. Yigit Abu Hurayra (r.a.) oldiga borib
so’raganda, Abu Hurayra (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: Har payshanbadan
jum'aga o’tar kechasi bandalarning qilgan amallari Alloh taologa ayon bo’ladi. Shu
vaqtda o’z qarindoshlariga yondashmagan kishilarning amallarini Alloh taolo qabul
qilmaydi", degan so’zlarini eshitdim", deb aytdilar".
62. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: U janob: "Kim Alloh taolodan savob
umid qilib, o’ziga qaram bo’lganlarga biror narsa sarf qilsa, Alloh taolo unga albatta
ajrini beradi. Sarf qilishni avval sen o’zingga qaram bo’lganlardan boshla, ulardan
ortiqchasini yaqin qarindoshlarishta, ulardan ham ortsa, u vaqtda istagan kishilaringga
beraverasan", der edilar.
Dostları ilə paylaş: