Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   443
Buxpriy

370-bob. Raboh ismi haqida 
 
858. Umar ibn Xattob (r.a.) aytdilar: "Payg'ambar (s.a.v.) ayollaridan alohida o'targan 
vaqglarida Rasululloh (s.a.v.)ning yonimdagi xodimyaari Rabohta: "Ey, Raboh, 
Rasululloh (s.a.v.)dan kirishim uchun izn so'ra", dedim". 
 
371-bob. Payg'ambarlarning ismlari haqida 
 
859. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening ismimni 
(go'daklarga) qo'yinglar, lekin mening kunyam bilan hech kimni chaqir-manglar. Men 
Abulqosimman" , dedilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
 
1. Ummatlariga bo'lgan buyuk marhamatlari sababli ularga qiyinchilik bo'lishini o'ylab 
(F.s). 
 
2. Bu hadis mazmuni, vallohu a'lam, shunday: arablarda Raboh ismi uchramaydi. 
"Raboh" ismi ibroniycha bo'lib, arablar go'daklarga bu ismni qo'ymaydilar, ammo bu 
ismni qo'yish man' etilmagan. Modomiki, Payg'ambarimiz xodimlaridan birining ismi 
Raboh ekan, bu ism joriydir  
 
3.Ya'ni men faqatgina Qosim ismli farzandim bo'lganligi uchungana emas, balki Alloh 
tomonidan dunyoviy va uxroviy ishlarda taqsimotchi qilib yuborilganim uchun azaliy 
qismat taqozosi bilan Abulqosimman  
 
860. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bozorda yurgan edilar, bir kishi: 
"Ey, Abulqosim", dedi. Ul zot unga qaradilar. U kishi: "Ey, rasulalloh, men sizni 
chaqirmagandim", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Mening ismimni qo'yinglar, kunyam bilan 
kunyalanmanglar", dedilar". 
 
861. Yusuf ibn Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga Yusuf 
nomini berdi-lar, quchoklariga olib, boshimni siladilar". 
 
862. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Ansorlarimizdan birining xonadonida o'g'il 
tug'ilib, ismini Muhammad qo'ymoqchi bo'ldi". Shu'ba Mansurning hadisida shunday deb 
rivoyat qildi: "Ansorlardan biri o'g'lini ko'tarib Rasulullohning huzurlariga keldi", dedi. 
Sulaymon aytgan hadisda esa, bunday: "Uning bir o'g'li bo'lib, ismini Muhammad, deb 
atashni istagan edi". Ra-sululloh (s.a.v.): "Ismimni ism qilib qo'yinglar, ammo kunyamni 
olmanglar, chunki, men adolatli taqsim qiluvchi bo'lib keldim va shuvday qilyapman", 
deb marhamat qildilar. Roviy Husayn ham shunday deb naql etgan. 
863. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "O'g'lim tug'ilgach, Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga 
keltirdim. Rasululloh (s.a.v.) uning ismini Ibrohim qo'yib, xurmo chaynab, u bilan 
chaqaloqning tanglayini ko'tardilar. So'ng o'g'limga barakotli umr tilab duo qildilar". Bu 
Abu Musoning to'ng'ich o'g'li edi. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin