918. Ubaydulloh ibn Anas otasidan, u esa bobosidan nakl qilgan. Rasululloh (s.a.v.)
aytmishlar: "Har kim ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazsa, u men bilan jan-natda mana
shunday bo'ladi". deb ikki barmoqiarini juftlab ko'rsatdilar. Roviy Muhammadning
aytishicha, Rasululloh (s.a.v.) shahodat barmoqlari bilan o'rta barmoq-larini juftlab
qo'rsatganlar.
919. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Qarin-doshlik rishtalarini uzish va zulm
insonning bu dunyodayoq jazo olishini tezlashtiradigan ikki (gunoh) eshigidir".