Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
155
997. Baro bin Ozib (r.a.) aytdilar: "Birodaring bilan qo'l berib so'rashishing
salomlashishning mu-kammalligidandir".
442-bob. Ayol kishi yosh bolaning boshini silashi haqida
998. Ibrohim ibn Mazduq Saqafiy otasidan rivoyat qildi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) meni
onasi Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) huzuriga yubordilar. Men orqali u (ayol)ga Hajjojning
ularga qanday muomala qilishi haqida bildirdilar. Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) mening
boshimni silab, duo qildilar. U payt-lar men yosh yigitcha edim".
Dostları ilə paylaş: