1004. Vazo' ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Biz (Rasululloh (s.a.v.) turgan joyga) keldik.
Odamlar: "Ana Rasululloh! (s.a.v.)" deyishdi. Biz ul zotning qo'llari va oyoqlarini o'pa
boshladik".
1005. Abu Bakr (r.a.)ning ozod qilgan qullari Suhayb (r.a.): "Men hz. Ali (k.v.)ning
Abbos (r.a.)ning qo'l-oyoqlarini o'payotganini ko'rdim", dedilar.
447-bob. Birovga ta'zim qilib o'rindan turish haqida
1006. Abu Miljaz aytdilar: "Muoviya (r.a.) chiqqan-larida Abdulloh ibn Omir va Abdulloh
ibn Zubayr (r.a.) o'tirgandilar. Ular orasida Ibn Zubayr (r.a.) vazminroq, jidtsiyroq odam
edi. Ibn Omir (r.a.) o'rni-dan turdi, Ibn Zubayr (r.a.) esa o'tiraverdi. Shunda Muoviya
(r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.): "Allohning banda-laridan kimki o'zining amriga muntazir
bo'lib oldi-da (hurmat bilan) tik turishlarini yaxshi ko'rsa, u odam do'zahdan uy
hozirlayversin!" - degandilar", dedi".