1033-hadis. Abu Qurra Xurosoniy aytdilar: "Men Anas (r.a.)ni bizning oldimizga
kelayotganlarini ko'rdim, bizga qo'llari bilan ishora qilib salom berdilar, Hasanni ko'rdim,
sariqqa belanib olgan, boshida qora salla bor edi". Asmo' (r.a.): "Payg'ambar(s.a.v.)
ayollarga qo'llariny silkib salom berardi-lar", deb xabar berdilar .
1034. Muso ibn Sa'dning otasi Sa'ddan rivoyat qilindi: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) va
Qosim ibn Muhammad (r.a.)lar yo'lga chiqdilar. Ikkisi loydan qurilgan bir kulbaga
joylashdilar. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) o'tib qolib, ularga qo'li bilan ishora qilib salom
berdi va alik oddi".
1035-hadis. Ato ibn Abu Raboh (r.al.) aytdilar: "Sahobiylar qo'l bilan salomlashishni
yoqtirmas edilar".