Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Salomni eshittirib aytish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   443
Buxpriy

461-bob. Salomni eshittirib aytish haqida 
 
1036. Sobit ibn Ubayd aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) o'tirgan yig'inga bordim. Ibn 
Umar (r.a.): "Salom bersangiz eshittirib bering, zero u Alloh huzuridagi go'zal, muborak 
tahiyyotdir", dedilar". 
 
462-bob. Salom berish va alik olish uchun chiqqan odam haqida 
 
1037. Tufayl ibn Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilin-di: u Abdulloh ibn Umar (r.a.) bilan 
ertalab bozorga birga borishar edi. Tufayl aytdi: "Abdulloh ibn Umar(r.a.) sotuvchimi, 
xaridormi, miskinmi yo boshqami, kimning oldidan o'tmasin, unga salom berardi. Bir 
kuni Abdulloh  
(r.a.)ning oldiga borgandim, u men-dan birga bozorga borishni so'radi. "Bozorda nima 
qilasan? Savdo-sotiqning ustida turmasang, narx surishtirmasang yoki bozorga mol 
chiqarmasang, bozorda o'tirmasang. Undan ko'ra o'tir shu yerda, suhbatlashamiz", 
dedim. Shunda Abdulloh (r.a.): "Ey, qorindor! Biz faqat uchragan kishiga salom berish 
uchun boramiz", dedi. 
 
1 Imom Nasoiy (r.al) Jobir ibn Abdulloh (r.a)dan rivoyat qilgan bir hadisda aytiladi: 
"Yahudiylarning salomlariga alik olmangiz, alik olsangiz ham boshingizni silkish va qo'l 
kaf-tingizni ko'tarish bilan alik oling". Albatta, agar ikki musulmon bir-biridan salomni 
eshitmaydigan darajada uzokda bo'lsa, salom lafzini aytib turib, ishora bilan salomlashsa 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
bo'ladi. Lekin salom-alikka imkoniyati bo'la turib ishora bilan salom-lapshshdan 
qaytarilgan. Namozda bo'lish, oradagi masofaning uzoq-ligi kabi holatlar bundan 
mustasno. Shuningdek qulog'i og'irlar-ga ham ishora bilan salom beriladi. 
Demak, Tufaylning qorni chiqqan ekan, vallohu a'lam. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin