1038. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz biror yig'inga
kelsa, salom bersin, qaytar chog'i ham salom bersin, zero keyingisi avvalgisidan ko'ra
(savobga) haqliroq emas", deya marhamat qildilar.
1039-hadis 1038-hadisning, 464-bobdagi 1040-hadis 1038-hadisning aynan takroridir.
465-bob. Turganda salom berish kishining haqidir
1041. Muoviya ibn Kurra aytdilar: "Otam menga: "Ey, o'g'lim, biror bir yig'inda
bo'lganingda uning yaxshiligidan umid qilsang va hojatint tezda ravo bo'lishini istasang,
"Assalomu alaykum" degin. (Bu bylan) sen o'sha yig'indagilar dardiga sherik bo'lasan.
Qaysi bir qavm to'planib, Allohni eslamay tarqasa-lar, xuddiki o'limtik eshak atrofidan
tarqalgan bo'la-dilar", degan edilar".
1042. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Kim birodarini uchratib qolsa, unga salom bersin,
ular o'rtasini (ketayotganlarida) daraxt yoki bir to'siq ajrada, uchrashganlaridan keyin
ham salom bersin".
1043. Anas ibn Molik ashdilar: "Rasuli akram (sav.)ning sahobiylari to'planishganida ular
o'rtalarida bir daraxg chiqib qolsa, bir toifa daraxtning o'ng tomoni-dan, boshqasi chap
tomonidan aylanib o'tishar, yana uch-rashganlarida bir-birlariga salom berishar edi".