1049. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.): "May ichuvchilarga salom bermangiz", dedilar.
1050. Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Sen bilan fosiq o'rtasida hech qanday hurmat
yo'qdir".
1051. Abu Zurayq Ali ibn Abdullohning1 shahmatni yomon ko'rganlari va shunday
deganlarini rivoyat qildilar: "Shahmat o'ynayotganlarga salom bermangiz, chunki
shahmat qimordir". Shaxmat aqlni charxlash sifatiga ega ekanligini e'tiborga olib, hech
bir shartsiz o'ynash ba'zi sahobiylar va Imom Shofi'iy nazdida joizdir. Hanafiy, Molikiy va
Hanbaliy mazhablariga ko'ra haromdir.