1055. Umar ibn Abdulaziz (r.a.) Abu Bakr ibn Sulaymonga dedi: "Abu Bakr (r.a.):
"Rasululloh (s.a.v.)-ning xalifasi Abu Bakrdan", deb maktub bitardi. Umar ibn Xattob
(r.a.) esa: "Abu Bakr (r.a.)ning xalifasi Umar ibn Xattobdan", deb yozardi. "Amiru-l-
mo'minin" iborasini birinchi bo'lib kim yoz(uvda qo'lla)gan?". Abu Bakr ibn Sulaymon
shunday javob" berdi: "Menga Shifo buvim g'apirib bergandilar. (Buvim dastlabki
muhojir ayollardan edilar, Umar bin Xattob (r.a.) har doim bozorga kirganlarida buvim-
ning oldilariga ham kirib o'tar ekanlar). Buvim ayt-dilar: "Umar ibn Xattob (r.a.)
iroqliklar hokimiga maktub yozib, ikkita pishiq, aslzoda odamni yuborish-ni, ulardan Iroq
va uning xalqi haqida so'rab bilmoqchi ekanini aytdi. Iroq hokimi xalifaga Labid ibn
Robi'a va Adiy ibn Xotamni yubordi. Ular Ma-dinaga keldilar. Tuyalarini masjid hovlisida
cho'ktirishdi. So'ng masjidga kirib Amr ibn Os (r.a.)ni ko'rishdi. Unga uchrab: "Ey, Amr,
mo'minlar amiri Umardan huzuriga kirishimiz uchun izn so'rab ber", deyishdi. Amr (r.a.)
sakrab turib Umar (r.a.) huzurlariga kirdi va: "Assalomu alaykum, mo'minlar amiri!"
dedi. Umar (r.a.) unga: "Ey, Ibn Os! Bu so'zni qaerdan odding? Haholda bu so'z besabab
paydo bo'lmagandir?" dedilar. Amr (r.a.): "Ha, Labid ibn Robi'a va Adiy bin Xotam kelib
menga "Mo'minlar amiridan kirishimiz uchun izn olib ber", deyishdi. Xudo haqi,
(xalifaga) juda to'g'ri ism topibsizlar, zero u amir, biz mo'minlarmiz!" - dedim". Shundan
keyin bu (unvon) ni yozish rasm bo'ldi".
1056. Ubaydulloh ibn Abdulloh aytdilar: Muoviya (r.a.) xalifa bo'lgach, birinchi bor hajga
keldi. Usmon ibn Xanif Ansoriy uning huzuriga kirib: "Allohning sizga salomi va rahmati
bo'lsin, ey, amir!" - dedi. Shunda shomliklardan biri bundan jahli chiqib: "Amiru-l-
mo'mininga salomni qisqartirgan bu munofiq kim?" - dedi. Usmon tiz cho'kib: "Ey,
mo'minlar amiri, bu odamlar siz ulardan yaxshiroq biladigan ish xususida meni
ayblamoqdalar. Allohga qasamki, men Abu Bakr, Umar va Usmon (r.a.)larga ham xuddi